Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 36,93 so‘mga ko‘tarilib, 12 169,41 so‘m bo‘ldi;
- yevro 0,10 so‘mga tushib, 14 359,90 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,14 so‘mga pastlab, 158,95 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 5,38 so‘mga pastlab, 12 132,48 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi 11-fevraldan buyon pastlab kelayotgandi.








