Daryo

Yevropaliklar AQSHda o‘tadigan Jahon chempionatiga borishdan qo‘rqmoqda — Euractiv

Futbol ishqibozlari 2026-yilgi jahon chempionati arafasida AQSHdagi immigratsiya siyosati va politsiya reydlari tufayli xavfsizlik borasida jiddiy xavotirda ekanligini bildirgan.

1 daqiqa o‘qish3 258 ko‘rishlar0 izoh1

Yevropalik futbol ishqibozlari 2026-yilgi Jahon chempionati arafasida AQSHdagi immigratsiya siyosati va politsiya reydlari tufayli jiddiy xavotir bildirmoqda. Bu haqda Euractiv portali xabar berdi.

Muxlislarning xavotiri fonida Yevrokomissiyaning madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha komissari Glenn Mikallef FIFA prezidenti Janni Infantinoga murojaat qildi. Mikallef xalqaro futbol tashkiloti rahbarini AQSHdagi tashkilotchilar bilan muloqotda bo‘lishga va yevropalik muxlislar xavfsizligini kafolatlashga chaqirdi.

“Men Infantinoni tashkilotchilar bilan gaplashganda muxlislar xavfsizligini hisobga olishga undadim. AQSHga boradigan har bir insonning xavfsizligini ta’minlash uchun FIFA va mezbonlar bilan doimiy muloqotda bo‘lishimiz zarur”, deydi Glenn Mikallef.

O‘z navbatida, AQSH Davlat departamenti vakili musobaqa xavfsizligi, sportchilar va muxlislar himoyasi mezbon tomon uchun eng ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Turnir davomida tartibni saqlashga AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari ham jalb qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadigan turnirning asosiy o‘yinlariga AQSH mezbonlik qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar