Daryo

Raqobat qo‘mitasi ramazon oyida oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta’minlash choralarini ko‘radi

Qo‘mita narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida tezkor xabardor qilib borish haqida yirik savdo tarmoqlari va savdo komplekslarini ogohlantirdi.

1 daqiqa o‘qish4 668 ko‘rishlar0 izoh2

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlardagi savdo komplekslarini ramazon oyida narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-fevralda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ramazon oyida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash muhimligini ta’kidlab, dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash bo‘yicha topshiriq bergandi.

Yuqoridagilar ijrosi yuzasidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan yirik savdo tarmoqlari va respublika hududlardagi savdo komplekslarini ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.

“Raqobat qo‘mitasi xalqimiz uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini ma’lum qilamiz”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hay’ati ramazon oyi 19-fevral kuni boshlanishini ma’lum qilgandi. Qaror Musulmon diniy idoralari rahbarlari kengashining Samarqandda bo‘lib o‘tgan Fatvo hay’atida qabul qilingan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar