Daryo

Yevropa Rossiyaning “soya flot” tankerlarini qo‘lga olishni ko‘rib chiqmoqda — Bloomberg

2022-yil boshidan buyon Rossiya La-Mansh orqali 550 million tonna (taxminan to‘rt milliard barrel) neft tashiy olgan, bu qiymati 239 milliard funt sterlingga (275 milliard yevro) teng.

2 daqiqa o‘qish4 636 ko‘rishlar0 izoh0

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri John Healey Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Boltiqbo‘yi va Shimoliy Yevropa mamlakatlari hamkasblari bilan uchrashuvda Rossiyaning “soya flot” tankerlarini qo‘lga olish imkoniyatlarini muhokama qilgan. Bu haqida Bloomberg nashri yozdi.

Uchrashuvda Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i ham ishtirok etib, tankerlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan variantlarni, jumladan, birgalikda operatsiyalar olib borish imkoniyatini taqdim qildi.

Yevropa ittifoqchilari operatsiyani Buyuk Britaniya boshchiligida amalga oshirishlari mumkin. Estoniya tashabbuskor tomon bo‘ldi. Ushbu jarayonda AQSH bilan ma’lum darajada koordinatsiya bo‘lishi kutilmoqda.

Rossiya neftini La-Mansh orqali tashish

2022-yil boshidan buyon Rossiya La-Mansh orqali 550 million tonna (taxminan to‘rt milliard barrel) neft tashiy olgan, bu qiymati 239 milliard funt sterlingga (275 milliard yevro) teng. Bu ma’lumotlar CREA – Helsinkida joylashgan va Rossiyaning Ukrainaga to‘liq hujum qilgan davridagi har bir neft yetkazib berishni qayd qilgan tadqiqot institutining tahliliga asoslangan.

Tahlil shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi to‘rt yil davomida Rossiya neftini tashuvchi kemalar Angliya janubi-sharqida joylashgan va Buyuk Britaniya bilan Fransiyani ajratib turuvchi bo‘g‘oz orqali 9584 marta o‘tgan. Shu davr mobaynida “soya flot” tankerlari soni yildan-yilga oshgan:

  • 2022-yilda – 958 kema,
  • 2023-yilda – 2919 kema,
  • 2024-yilda – 2987 kema.

Biroq 2025-yilda ularning soni biroz kamayib, 2720 tani tashkil qilgan. Rossiya G‘arb sanksiyalarini aylanib o‘tish uchun “soya floti”dan foydalanadi. Bunday tankerlar ko‘pincha dengiz qonunlarini buzadi: ularning transponderlari o‘chirilgan bo‘ladi, bu ularning joylashuvini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatishni imkonsiz qiladi.

Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqining chorasi

Mualliflarning fikricha, G‘arb sanksiyalarining samaradorligi pastligi fonida Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi ittifoqchilari Rossiyaning “soya flotiga” qarshi choralar ko‘rishga qaror qilgan. Xususan, London AQSH kuchlari bilan birgalikda 7-yanvarda Marinera tankerini qo‘lga olganidan keyin yanada agressiv choralar ko‘rishga qaror qilgan.

22-yanvarda Buyuk Britaniya va Fransiya birgalikda O‘rta Yer dengizida Rossiyaning ikkinchi ehtimoliy “soya flot” tankeri Grinchni ham qo‘lga olgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar