Daryo

Messi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin — manba

38 yoshli futbolchi o‘zini jismonan to‘liq tayyor his qilmasa, turnirda qatnashmaslik variantini ko‘rib chiqadi.

1 daqiqa o‘qish4 459 ko‘rishlar0 izoh1

AQSHning “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish borasida hali yakuniy qarorga kelmagan. Uning mundialdagi ishtiroki bevosita jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi.

The Touchline nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi o‘zini jismonan to‘liq tayyor his qilmasa, turnirni o‘tkazib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. Messining ta’kidlashicha, AQSH chempionati saviyasi yetarli darajada yuqori emas, shu sababli u jahonning eng nufuzli musobaqasida munosib qatnashish uchun ideal sport formasida bo‘lishni istamoqda.

Futbolchi yaqinda chap sonidan jarohat olgan edi. Hozirda Messi jarohatidan so‘ng asta-sekin tiklanmoqda va jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytgan. Garchi u MLSning yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa-da, uning yaqin orada o‘tkaziladigan turnirlarda maydonga tushishiga hali hech qanday kafolat berilmagan.

Ma’lumot uchun, qur’a natijalariga ko‘ra, Argentina “J” guruhidan joy oldi. Ularga Avstriya, Iordaniya va Jazoir kabi terma jamoalar raqiblik qiladi. 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida 11-iyundan 19-iyulgacha o‘tkaziladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar