Daryo

“Barselona” rahbariyati Messi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Avvalroq OAVda argentinalik hujumchi 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga optimal sport formasida borish uchun kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.

1 daqiqa o‘qish11 521 ko‘rishlar0 izoh38

Kataloniyaning “Barselona” klubi sport direktori Deku Lionel Messining “ko‘k-anorranglilar” safiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

“Messini qisqa muddatga ijaraga olish? Leoning ‘Inter Mayami’ bilan shartnomasi bor. Bu haqda qachonlardir gap bo‘lgan deb o‘ylamayman. Messi — har doim Messi. U har doim o‘zi o‘ynayotgan jamoasiga nimadir bera oladi, lekin hozir bu mavzuni muhokama qilmaymiz”, deya fikr bildirdi Deku.

Ma’lumot uchun, avvalroq OAVda argentinalik hujumchi 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga optimal sport formasida borish uchun kataloniyaliklar bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2003–2021-yillar oralig‘ida “Barselona” sharafini himoya qilgan. Ammo 2021-yilda klub moliyaviy qiyinchiliklar ortidan futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamadi. Shu bois, kataloniyaliklar Leo bilan matbuot anjumanida xayrlashdi.

Messi faoliyati davomida 10 marta Ispaniya chempionligini, 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi — 672 ta gol. Leo 2011/2012-yilgi mavsumda La Ligada 50 ta gol urib, liga rekordini o‘rnatgan. 2021-yilda Messi “Barselona”ni tark etib, “Pari Sen-Jermen” klubiga erkin agent sifatida o‘tdi. Hozirda hujumchi AQSHning “Inter Mayami” jamoasi safida faoliyatini davom ettirmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar