Daryo

Prezident “O‘zcharmsanoat” raisini lavozimidan bo‘shatishga ko‘rsatma berdi

Uyushma rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi. O‘tgan yili eksport bo‘yicha vaʼda qilgan 250 mln dollarning 40 foizi ham taʼminlanmagan.

1 daqiqa o‘qish4 654 ko‘rishlar0 izoh1

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Akbar Sultonov lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda prezident 13-fevral kuni tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ko‘rsatma berdi.

Qayd etilishicha, poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez o‘zgarmoqda. Mamlakat korxonalari zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmaydi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.

“Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bog‘ich, furnitura bo‘yicha haligacha importga bog‘liqlik bor”, degan prezident.

Buning oqibatida o‘tgan yili eksport bo‘yicha vaʼda qilgan 250 million dollarning 40 foizi ham taʼminlanmagan. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani taʼkidlandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar