Daryo

Erling Holand futboldagi eng yaqin do‘sti kimligini ma’lum qildi

Norvegiyalik hujumchi “Manchester Siti”ning asosiy raqibi safida to‘p tepadigan futbolchi nomini aytdi.

1 daqiqa o‘qish71 874 ko‘rishlar0 izoh60

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand futbolchilar orasida kim bilan eng yaqin munosabatda ekani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda UEFA Chempionlar Ligasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Futboldagi eng yaqin do‘stim? Ehtimol, bu “Liverpul” a’zosi Dominik Soboslai”, deya norvegiyalik forvardning so‘zlarini keltirmoqda manba.

Ma’lumot uchun, Holand va Soboslai 2019-yilda Avstriyaning “Red Bull Zalsburg” klubi safida birga to‘p surishgan. O‘shanda Erling avstriyaliklar tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan va shundan so‘ng Dortmundning “Borussiya” klubiga yo‘l olgan edi.

Joriy mavsum Holand “Manchester Siti” libosida jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 29 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, hujumchi Norvegiya terma jamoasi safida JCH—2026 saralash bosqichi doirasidagi 8 ta bahsda 16 ta gol urib, o‘ziga xos natija qayd etdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar