Daryo

Ukraina Rossiyaning yangi dronini urib tushirdi (video)

Dron 120 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni mustaqil aniqlash va urishga qodir. Ammo u birinchi marta qo‘llanishdanoq zararsizlantirildi.

1 daqiqa o‘qish9 556 ko‘rishlar0 izoh1

Ukraina harbiylari Rossiya harbiy-sanoat kompleksining yangi ishlanmasi — “Klin” zarba beruvchi dronini yo‘q qildi. Bu haqda “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Mazkur dron sun’iy intellektga ega, u Eronning Shahed droniga oʻxshash xususiyatlari bilan tanilgan edi. Ukraina harbiylari “Klin” 10-fevral kuni boʻlinma hududiga kirganini ma’lum qildi. Shundan soʻng u qoʻlga olingan va yoʻq qilingan.

Rossiyaliklarning ta’kidlashicha, dron 120 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni avtonom ravishda aniqlashga va urishga qodir. Ammo u birinchi marta qo‘llanilganda Ukraina harbiylari tomonidan tezda zararsizlantirilgan.

“Klin” dronining og‘irligi 13,5 kilogrammni tashkil etadi, parvoz tezligi soatiga 108–300 kilometr oralig‘ida. Qanotlari salkam ikki metr kenglikka ega, maksimal parvoz balandligi esa 2 kilometrgacha yetadi.

“Klin”ning jangovar qismi 5 kilogramm og‘irlikka ega. Dron havoda portlash tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, ikki turdagi jangovar qismga ega: kumulyativ va fugasli.

Yaqinda Rossiya qo‘shinlarida yangi “Geran-5” reaktiv droni paydo bo‘ldi. U soatiga 600 kilometr tezlikka erisha oladi. Dron dizayni bo‘yicha Eronning Karrar droniga o‘xshaydi va uning aksariyat qismlari Alabugadagi zavodda ishlab chiqariladigan “Geran” seriyasidagi boshqa dronlarning tarkibiy qismlari bilan bir xil. Hozirda Rossiya ushbu dronni Su-25 qiruvchi samolyotidan uchirish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar