Daryo

Rossiyada “Klin” zarba beruvchi droni taqdim etildi (foto)

U “havoda mina maydoni” sifatida ishlashga va taxminan 80 daqiqa havoda navbatchilik qilishga qodir. Rossiya dronlar ishlab chiqarishni takomillashtirmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 422 ko‘rishlar0 izoh5

Rossiyada 120 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni mustaqil ravishda topib, ularga hujum qila oladigan “Klin” droni namoyish qilindi. Ushbu dron yaqinda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalardan birida ko‘rsatildi. 

Ma’lum qilinishicha, dron “havo mina maydoni” sifatida ishlashga va havoda taxminan 80 daqiqa navbatchilik qilishga qodir. Uning ko‘tarilish massasi 13,5 kilogram, parvoz va hujum tezligi soatiga 108-300 kilometrni tashkil etadi. Dronning uzunligi 1600 mm, qanoti 1920 mm, parvoz balandligi 2000 m gacha, parvoz masofasi 120 kilometr. “Klin” jangovar qismining og‘irligi 5 kilogrammni tashkil etadi. Ushbu dron havoda portlatish tizimi bilan jihozlangan va ikki turdagi jangovar qismga ega: kumulyativ va fugas.

Rossiya dronlarni ishlab chiqmoqda va takomillashtirmoqda

Rossiyaliklar Ukrainaning Sting‘iga o‘xshash tutib oluvchi dronni sinovdan o‘tkazgan edi. O‘shanda qurilmaning texnik xususiyatlari oshkor etilmagan, biroq uni dengiz va infratuzilmani kuzatish maqsadida ishlatish rejalashtirilgan. Shuningdek, endilikda “Shahed”  dronlari ularni tutib oluvchi qurilmalardan qochishi mumkin. Buning uchun rossiyaliklar zarba beruvchi dron apparatlarini maxsus datchiklar bilan jihozlamoqda.

Oddiy Xitoy datchiklari yaqin atrofdagi har qanday dronni qayd etadi, bu esa “Shahed”ning balandligini keskin o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. Hech bir zenit droni balandligini keskin o‘zgartira olmaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar