Daryo

Isroil AQSHni Eronga mustaqil zarba berish ehtimoli haqida ogohlantirdi

Uchrashuvlarda Isroil Eronning raketa ishlab chiqarish infratuzilmasini yo‘q qilish niyati borligi haqida ma’lumot berilgan.

1 daqiqa o‘qish15 536 ko‘rishlar0 izoh5

Isroil AQSHga, agar Tehron ballistik raketalar bo‘yicha “qizil chiziq”dan o‘tsa, Eronga mustaqil zarba berishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Jerusalem Post gazetasi xabar berdi.

“Amerikaliklarga, agar Eron ballistik raketalar bo‘yicha belgilangan qizil chiziqni kesib o‘tsa, o‘zimiz zarba berishimizni aytdik”, degan manba.

​Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eron ichidagi voqealar rivojlanishini doimiy ravishda kuzatib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, Isroil Mudofaa vazirligi vakillari yaqinda amerikalik hamkasblariga Eronning ballistik raketalar yaratish dasturi Isroilning mavjudligiga tahdid solayotganini bildirgan.

Xavfsizlik xizmatidagi manbalar so‘nggi haftalarda bir qator yuqori darajadagi uchrashuvlarda Isroilning Eronning raketa salohiyati va ishlab chiqarish infratuzilmasini yo‘q qilish niyati haqida ma’lumot berilgan.

“Yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Isroil Erondagi raketa dasturi bilan bog‘liq qo‘shimcha obyektlarga zarba berish rejalarini taqdim etgan”, deydi manba.

Shu bilan birga, Isroil rasmiylari AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Yamandagi husiylarga qarshi so‘nggi operatsiyalariga o‘xshash cheklangan zarba modelini qo‘llashidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan.

“U bir nechta maqsadlarni tanlab, muvaffaqiyatni e’lon qilishi va husiylar bilan bo‘lgani kabi oqibatlarni hal qilishni Isroilga qoldirib ketishi mumkinligi haqida xavotirlar bor”, dedi harbiy amaldor.

Uning ta’kidlashicha, bu asosiy tahdidni bartaraf etmaydigan qisman choralar hisoblanadi.

6-fevral kuni AQSH va Eron o‘rtasida Ummon vositachiligida muzokaralarning birinchi bosqichi o‘tkazildi. Tomonlar muzokaralarni ijobiy baholab, yangi maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar, biroq ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklar saqlanib qoldi. Tehron uranni to‘liq taqiqlamasdan boyitish bo‘yicha kelishuvni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi, ammo raketa dasturi bo‘yicha muzokaralar olib borishni rad etdi va buni “mudofaa masalasi” deb ta’kidladi. Tramp AQSH uchun maqbul bitimning asosiy sharti Eronning yadro qurolidan butunlay voz kechishi ekanligini bildirdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar