Daryo

Tramp Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga rasman boj solishni boshlaydi

AQSH prezidenti tegishli farmonni imzoladi, u Eron bilan bevosita yoki bilvosita savdo qiladigan har qanday davlatga ta’sir qiladi.

1 daqiqa o‘qish4 688 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp 6-fevral kuni imzolangan farmonida Eron bilan savdoni davom ettirayotgan mamlakatlarga qo‘shimcha bojlar kiritishi mumkinligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Farmoyishda joriy etilishi mumkin bo‘lgan stavka ko‘rsatilmagan, biroq 25 foiz misol sifatida keltirilgan. Bu “Erondan har qanday tovar yoki xizmatlarni bevosita yoki bilvosita sotib oladigan, import qiladigan” istalgan davlatdan AQSHga olib kiriladigan mahsulotlarga nisbatan qoʻllanadi.

Tramp mazkur yangilik boʻyicha izoh bermadi, biroq 6-fevral kuni samolyot bortida jurnalistlar bilan suhbatda Eron uchun “yadro quroli yo‘qligi”ni ta’kidladi.

Bu bayonot AQSH va Eronning yuqori martabali rasmiylari o‘rtasida Ummonda davom etayotgan muzokaralar fonida yangradi. Tomonlar bir necha hafta davomida o‘zaro tahdidli bayonotlar almashgan edi.

Tramp 2026-yil boshida Eron bilan biznes olib borayotgan mamlakatlarga 25 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qilgandi. U 12-yanvar kuni Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi postida shunday yozgan:

“Darhol kuchga kiradi, Eron bilan biznes qilayotgan har qanday davlat Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan amalga oshiradigan barcha savdolar uchun 25 foizlik boj to‘laydi”, degan edi u.

O‘shanda bojlar amalda qanday ishlashi haqida qo‘shimcha tafsilot berilmagan edi. Oq uyga ko‘ra, so‘nggi farmoyish Eronga nisbatan “amalda bo‘lgan milliy favqulodda holat”ni yana bir bor tasdiqlaydi. Shuningdek, vaziyat o‘zgarsa, prezident hujjatga o‘zgartirish kiritishi mumkinligi qayd etilgan.

“Prezident Eronni yadroviy salohiyatga intilish, terrorizmni qo‘llab-quvvatlash, ballistik raketalarni ishlab chiqish, Amerika, ittifoqchilari xavfsizligi va manfaatlariga tahdid soladigan mintaqaviy beqarorlik uchun javobgarlikka tortmoqda”, deyilgan bayonotda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar