Daryo

Elit OCHL. “Nasaf” “Al-Shorta” bilan durang o‘ynadi

Mazkur natijadan so‘ng “Nasaf” turnirdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Qarshiliklar 7-turdan keyin atigi 1 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.

1 daqiqa o‘qish4 380 ko‘rishlar0 izoh0

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 7-turi doirasida “Nasaf” hamda Iroqning “Al-Shorta” klublari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. 9-fevral kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi hisob 8-daqiqada ochildi. “Nasaf” yarim himoyachisi Murodbek Rahmatov aniq zarbasi bilan qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar faollikni oshirdi va 68-daqiqada Sharif Abdulkarim tomonidan kiritilgan gol evaziga muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda tomonlar hisobni o‘zgartira olmadi va bahs durang bilan yakunlandi.

Mazkur natijadan so‘ng “Nasaf” turnirdagi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Qarshiliklar 7-turdan keyin atigi 1 ochko bilan musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasida qolib ketdi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini muddatidan avval boy berdi. 2 ochkoga ega “Al-Shorta” esa 11-o‘rinni egallab turibdi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi
7-tur

“Nasaf” — “Al-Shorta” 1:1
Gollar:
1:0 — Rahmatov (8), 1:1 — Sharif (68)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar