Daryo

Elit OCHL. “Nasaf” 4-turda ham mag‘lubiyatga uchradi

Qarshidagi “Markaziy” stadionida kechgan uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi “Al-Vahda”ga imkoniyatni boy berdi.

1 daqiqa o‘qish2 584 ko‘rishlar0 izoh0

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Nasaf” hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Qarshidagi “Markaziy” stadionida kechgan uchrashuvda amirliklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi hisob 42-daqiqada Sardorbek Bahromov tomonidan ochildi. Futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, “Nasaf”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, aniqrog‘i 52-daqiqada tablodagi natija tenglashdi. Dushan Tadichning uzatmasidan keyin Inyeka Ogbu Abduvohid Ne’matov darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yin yakuni arafasida “Al-Vahda” g‘alabani ilib ketdi. Kayo Kanedo 89-daqiqada “Nasaf” darvozabonini ikkinchi marta dog‘da qoldirib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 

Shu tariqa, “Nasaf” Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi hozirda turnir jadvalining oxirgi pog‘onasini egallab turibdi (0 ochko). G‘alaba qozongan “Al-Vahda” esa 10 ochko bilan 1-o‘rindan joy olgan. 

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi
4-tur

“Nasaf” — “Al-Vahda” 1:2
Gollar:
1:0 — Bahromov (42), 1:1 — Ogbu (52), 1:2 — Kanedo (89) 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar