Daryo

APL chempionligi uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi — Opta

Angliya Premyer Ligasining 2025/2026-yilgi mavsumi 25-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, “Arsenal” turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 542 ko‘rishlar0 izoh2

Opta statistik portali 25-turdan so‘ng jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini baholadi. Asosiy favorit sifatida Londonning “Arsenal” klubi ko‘rsatildi. “Kanonirlar”ning chempionlik ehtimoli 91,41 foizga teng deb baholangan.

Ikkinchi o‘rinda 7,09 foiz ko‘rsatkich bilan “Manchester Siti” joylashgan. Kuchli uchlikni esa 1,36 foiz natija bilan Birmingemning “Aston Villa” klubi yakunlab turibdi.

Ayni paytda Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida birinchi o‘rinni “Arsenal” egallab turibdi — 56 ochko. Mikel Arteta shogirdlari ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti”ni olti ochkoga ortda qoldirgan.

Uchinchi pog‘onada 47 ochko bilan “Aston Villa” bormoqda. To‘rtinchi o‘rinni esa 44 ochkoga ega “Manchester Yunayted” egallab turibdi.

Shuningdek, APL turnir jadvalida keyingi o‘rinlarda “Chelsi”  (43 ochko) va  “Liverpul” (39 ochko) joylashgan.

Avvalroq, Transfermarkt nashri eng qimmat tarkibga ega klublar ro‘yxatini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, eng qimmat tarkib “Real Madrid” jamoasiga tegishli bo‘lib, “Qirollik klubi” futbolchilarining umumiy qiymati 1,38 milliard yevroni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda APL yetakchisi “Arsenal” (1,29 milliard yevro), shuningdek “Manchester Siti” va “PSJ” (1,19 milliard yevro) qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, APL nomi ostida (1992-yildan buyon) eng ko‘p chempionlikni “Manchester Yunayted” qo‘lga kiritgan — 13 marta. Keyingi o‘rinlarda “Manchester Siti” (8 marta), “Chelsi” (5 marta), “Arsenal” (3 marta), “Liverpul” (2 marta), “Blekbern” (1 marta) va “Lester” (1 marta) qayd etilgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar