Ispaniya La Ligasi 23-turidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Malyorka” o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Barselona shahridagi “Kamp Nou” stadionida kechgan bahsda “ko‘k-anorranglilar” 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisob 29-daqiqada Robert Levandovski tomonidan ochildi. 61-daqiqada Lamin Yamal “Barselona”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 83-daqiqada Mark Bernal uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:0.
Shu tariqa, Hansi Flik boshqaruvidagi jamoa 58 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lubiyatga uchragan “Malyorka” esa 24 ochko bilan 15-pog‘onani band etgan.
“Barselona”ning eng yaqin ta’qibchisi bo‘lib turgan “Real Madrid” 54 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Madrid klubi o‘z uchrashuvini 9-fevralga o‘tar kechasi “Valensiya”ga qarshi o‘tkazadi.
Ispaniya La Ligasi
23-tur
“Barselona” — “Malyorka” 3:0
Gollar: Levandovski (29), Yamal (61), Bernal (83)








