Daryo

“Barselona” Levandovski bilan xayrlashishi mumkin – The Athletic

Polshalik 37 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozida yakuniga yetadi va uni yangilash rejalashtirilmayapti.

1 daqiqa o‘qish2 457 ko‘rishlar0 izoh1

“Barselona” hujumchi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 37 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi va uni yangilash rejalashtirilmayapti. Shu sababli kataloniyaliklar uchun yangi markaziy hujumchini qo‘lga kiritish asosiy transfer maqsadiga aylangan.

Avvalroq, “Barselona” yozgi transferlar bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarini belgilab bo‘lgani xabar qilingan edi. Klub Erling Holand (“Manchester Siti”) va Xulian Alvaresni (“Atletiko”) uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelayotgan bo‘lsa-da, hozircha bu transferlar deyarli imkonsiz, deb baholanmoqda.

Shu sababli kataloniyaliklar hozirgi byudjetga mosroq, realistik variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Levandovskining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida Harri Keyn (“Bavariya”) va Serhu Girassi (“Borussiya Dortmund”) bor.

Himoya va qanot hujumi pozitsiyalarini ham kuchaytirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, yangi markaziy hujumchi transferi “Barselona” uchun eng ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Ma'lumot uchun, “Barselona” joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 37 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa so‘nggi 15-turda “Atletiko Madrid”ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Robert Levandovski ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi va 36-daqiqada penaltini golga aylantira olmadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar