Daryo

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida jinoyatchilarni ushlab berishga oid qonun maʼqullandi

Ushbu hujjatda ushlab berishni amalga oshirish shartlari, so‘rovlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, ushlab berishni rad etish asoslari, shuningdek, shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir normalar belgilangan.

1 daqiqa o‘qish2 507 ko‘rishlar0 izoh0

Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi bilan Vengriya o‘rtasida ushlab berish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam sohasida aloqalarni tartibga solishni, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi.

Shartnomada ushlab berishni amalga oshirish shartlari, so‘rovlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, ushlab berishni rad etish asoslari, shuningdek, shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir normalar belgilangan.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

O‘tgan yilda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mahkumlarni almashishni nazarda tutuvchi shartnoma ratifikatsiya qilingan. Bu mahkumlarning jazoni o‘z fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashlari ya’ni mahkumlar o‘z vatanida, oilasi yaqinida jazoni o‘tash imkoniyati yaratishga qaratilgan.

2024-yilda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi hamda mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalar prezident tomonidan imzolangan qonunlar ratifikatsiya qilingan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar