O‘zbekiston milliy jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilaridan biriga aylandi.
Ayni paytda 21 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga teng. Oktyabr oyidagi yangilanishdan so‘ng esa “Bavariya” himoyachisi Kim Min Jaening narxi 40 million yevrodan 32 million yevroga tushgan. Xuddi shuningdek, “Brayton” vakili Kaoru Mitomaning qiymati ham 40 million yevrodan 35 million yevroga kamaygan. Natijada, Abduqodir Husanov Mitoma bilan birgalikda Osiyo qit’asining eng qimmat futbolchilaridan biri bo‘lib turibdi.
“Real Sosyedad” futbolchisi Takefusa Kubo 30 million yevro bilan 4-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Kaishu Sano kuchli beshlikka yakun yasagan — 25 million yevro.
Osiyoning eng qimmat futbolchilari (top-10)
- Abduqodir Husanov — “Manchester Siti” 35 million yevro;
- Kaoru Mitoma — “Brayton” 35 million yevro (oldingi narxi 40 mln yevro);
- Kim Min Jae — “Bavariya” 32 mln yevro (oldingi narxi 40 mln yevro);
- Takefusa Kubo — “Real Sosyedad” 30 mln yevro;
- Kaishu Sano — “Mayns” 25 mln yevro (oldingi narxi 20 mln yevro);
- Le Kan In — “PSJ” 25 mln yevro;
- Ritsu Doan — “Frayburg” 25 mln yevro;
- Zion Suzuki — “Parma” 20 mln yevro;
- Son Hyon Min — “Los Anjeles” 20 mln yevro;
- Hiroki Ito — “Bavariya” 18 mln yevro (oldingi narxi 25 mln yevro).
Eslatib o‘tamiz, Husanov 2025-yil yanvar oyida “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. U ingliz klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan, transfer qiymati esa 40 million yevroni tashkil etgan.








