Daryo

“JChda Ronalduga qarshi o‘ynashni xohlayman, ammo Braziliya g‘alaba qozonadi” — Endrik

19 yoshli braziliyalik futbolchi hozirda “Lion” klubida ijara asosida faoliyat yuritmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 728 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi (hozirda “Lion”ga ijaraga berilgan) Endrik 2026-yilgi Jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynash ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

“Bu juda ajoyib bo‘lardi. Umid qilamanki, shunday bo‘ladi va biz — Braziliya terma jamoasi g‘alaba qozonamiz (kuladi). Krishtianu Ronaldu — mening eng sevimli futbolchim. Men eng ko‘p hayratlanadigan jihat shuki, 40 yoshida ham u boshqalardan ko‘ra ko‘proq mehnat qiladi. U faoliyatini yakunlashga yaqin, biroq yana ko‘p yillar davomida yuqori darajada o‘ynashga qodir. Shunday bo‘lishiga umid qilaman”, deydi Endrik.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionatining “C” guruhida Braziliya terma jamoasi Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bahs olib boradi. Portugaliya esa “K” guruhida O‘zbekiston, Kolumbiya hamda qit’alararo pley-off o‘yinlari g‘olibi (Yangi Kaledoniya / Yamayka / Kongo DR) bilan bir guruhdan joy olgan.

Endrik “Lion” safiga “Real Madrid” klubidan ijara asosida kelib qo‘shilgan. 19 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda “qirollik klubi” safida uchta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Hujumchi “Lion” tarkibiga qo‘shilgach, uchta uchrashuvda to‘rtta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Ikki uchrashuvda u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Transfermarkt portali Endrikning bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan.

Avvalroq Londonning “Chelsi” klubi Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Endrik uchun taxminan 80 million yevro miqdorida rasmiy taklif tayyorlayotgani haqida xabar qilingandi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar