Daryo

O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida viza tartibi soddalashtirilishi mumkin

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ispaniya bilan viza tartib-taomillarini yengillashtirish hamda mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar migratsiya sohasida institutsional hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish3 793 ko‘rishlar0 izoh0

Tashqi ishlar vazirligida Ispaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi (qarorgohi Moskva shahrida) muvaqqat ishlar vakili Mariya Asunson Sanches Ruis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan migratsiya oqimlarini diversifikatsiya qilish va O‘zbekiston fuqarolarining mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ispaniya bu borada istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar dolzarb konsullik masalalarini, viza tartib-taomillarini soddalashtirish va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv doirasida Ispaniya tomoniga Harakatchanlik va migratsiya to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzolash, O‘zbekistondan mehnat migrantlarini qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalariga jalb qilish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirish borasida fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, O‘zbekistonni Ispaniyada ishga joylashtirish uchun xorijiy ishchilarni tashkillashtirilgan yollash tizimiga (GECCO) kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Ispaniya tegishli idoralari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va muvofiqlashtirishni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi. Kelgusidagi hamkorlik, shu jumladan, migratsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari tasdiqlandi.

Avvalroq O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizasini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlangani ma’lum qilingandi. Elchi Furqat Siddiqovning aytishicha, aholi uchun AQSH viza rejimini yengillashtirish borasida muntazam harakat ketmoqda. Kutilgan natijaga erishish esa oson kechmasligi tabiiy.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar