Daryo

O‘zbekistonda birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi oshiriladi

Metan zapravkalar faoliyati cheklanishi ortidan “O‘zbekneftgaz” birjaga chiqarilayotgan benzin hajmini oshirmoqchi. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

1 daqiqa o‘qish3 065 ko‘rishlar0 izoh1

“O‘zbekneftgaz” birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmini talabga qarab yetarli darajada oshiradi. Bu haqda 20-yanvar kuni Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sovuq havo oqimi natijasida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (metan zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi oshiriladi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratildi.

Isteʼmolchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olinib, barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.

“Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz. Nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.

​
“O‘zbekneftgaz” matbuot kotibining aniqlik kiritishicha, shu kunga qadar birja savdolariga qo‘yilayotgan kunlik 3700 tonna benzin talab va taklifga qarab 5000 tonnagacha oshiriladi.

11-dekabr kuni energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot bergandi. O‘shanda u vodiy viloyatlaridagi metan zapravkalarga koʻchma konteynerlar orqali tabiiy gaz yetkazib berish tizimi 22-dekabr ishga tushirilishini ma’lum qilgandi. Vazir gaz quyish shoxobchalari 150 ta konteynerlar bilan taʼminlanishi aytgan. Vaʼda qilingan kundan yarmi oydan ziyod vaqt oʻtgan bo‘lsa ham, konteynerlar ishga tushganicha yoʻq.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar