Daryo

“Real” Erling Holand uchun 500 mln yevro sarflashi mumkin

Ammo “qirollik klubi” ushbu transferni amalga oshirishda bir qator muammolarga duch kelishi mumkin. Jumladan, hujumchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034-yilgacha amal qiladi. Bu esa asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish3 488 ko‘rishlar0 izoh1

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Sky Sport Germany nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga “Real Madrid” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish variantini inkor etmayapti. O‘z navbatida, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres ham 25 yoshli norvegiyalik futbolchini jamoaga olib kelishdan manfaatdor. Peres ehtimoliy transferni joriy mavsum yakunida amalga oshirmoqchi. Shu sababdan klub rahbariyati Holandning agenti bilan aloqa o‘rnatib, transfer yuzasidan muzokara o‘tkazgan.

Ammo “Real” ushbu transferni amalga oshirishda bir qator jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin: Holandning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034-yilgacha amal qiladi, bu esa asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, norvegiyalik hujumchini xarid qilish uchun madridliklar braziliyalik vinger Vinisius Junior bilan xayrlashishi lozim. Shuningdek, “qirollik klubi” Holand transferini amalga oshirish uchun 500 million yevro atrofida sarflashi kerak. Mazkur holatlar transferning amalga oshish ehtimolini pasaytiradi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Erling Holand barcha musobaqalar doriasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 26 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar