Daryo

Mourinyo “Real” bosh murabbiyi bo‘lishi haqida: “Meni seriallarga aralashtirmang”

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Real Madrid”ga qaytishi borasidagi savollarga javob qaytardi.

1 daqiqa o‘qish11 170 ko‘rishlar0 izoh7

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Real Madrid”ga qaytishi borasidagi savollarga javob qaytardi.

“Meni seriallarga aralashtirmang. Yaxshi seriallar ham bo‘ladi, ammo ular haddan tashqari cho‘zilib ketadi: bir-ikki qismini o‘tkazib yuborsang, keyin voqealar rivojini tushunmay qolasan. Meni bunga aralashtirmang, chunki men ularni tomosha qilmayman”, — dedi Mourinyo.

Avvalroq “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa boshqaruviga yana portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyoni tayinlashi mumkinligi haqida xabarlar berilgan edi.

Hozirda Mourinyo Portugaliyaning “Benfika” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 62 yoshda. U 2010–2013-yillar oralig‘ida “Real Madrid”ni boshqargan va shu davrda jamoa bilan Ispaniya chempionati, Kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan. Mourinyo boshchiligida “qirollik klubi” 178 ta uchrashuv o‘tkazib, 127 g‘alaba, 28 durang va 23 mag‘lubiyat qayd etgan.

Shuningdek, “Real” Mourinyo davrida “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan 17 ta “El-Klasiko”ning 6 tasida g‘alaba qozongan, 6 uchrashuv durang bilan yakunlangan, 5 bahsda esa “ko‘k-anorranglilar” ustun kelgan.

2025-yil sentyabr oyida Mourinyo Turkiyaning “Fenerbahche” klubini Chempionlar Ligasi asosiy bosqichiga olib chiqa olmagani sababli iste’foga chiqarilgan. Shundan so‘ng portugaliyalik mutaxassis “Benfika” bosh murabbiyi etib tayinlangan va hozirda jamoa Portugaliya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar