Daryo

“Real Madrid” prezidenti Mourinyoni ortga qaytaradi — Cope

Florentino Peres portugaliyalik murabbiyning “qirollik klubi”dagi faoliyatini yuqori baholaydi.

1 daqiqa o‘qish24 272 ko‘rishlar0 izoh35

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres jamoani yana portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo boshqarishini istamoqda. Bu haqda Cope nashri xabar berdi.

Hozirda Mourinyo Portugaliyaning “Benfika” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Manbaga ko‘ra, Peres portugaliyalik mutaxassisga “Benfika”dagi lavozimini tark etgan taqdirda murojaat qilishi mumkin. Qayd etilishicha, “qirollik klubi” prezidenti Mourinyoning “Real”dagi faoliyatidan to‘liq qoniqish hosil qilgan.

12-yanvar kuni “Real Madrid” Xabi Alonsoning bosh murabbiylikdan ketganini e’lon qildi. Uning o‘rnini Alvaro Arbeloa egalladi. Arbeloa boshchiligidagi ilk uchrashuvda madridliklar Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida Segunda vakili “Albasete”ga safarda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. La Ligada esa “Real” 19 turdan so‘ng 45 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Barselona”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo 62 yoshda. U 2010–2013-yillar oralig‘ida “Real Madrid”ni boshqargan va shu davrda jamoa bilan Ispaniya chempionati, Kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritgan. Mourinyo boshchiligida “qirollik klubi” 178 ta uchrashuv o‘tkazib, 127 g‘alaba, 28 durang va 23 mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, “Real” Mourinyo davrida “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan 17 ta “El-Klasiko”ning 6 tasida g‘alaba qozongan, 6 uchrashuv durang bilan yakunlangan, 5 bahsda esa “ko‘k-anorranglilar” ustun kelgan.

2025-yil sentyabr oyida Mourinyo Turkiyaning “Fenerbahche” klubidan Chempionlar Ligasi asosiy bosqichiga chiqa olmagani sababli iste’foga chiqarilgan. Shundan so‘ng portugaliyalik mutaxassis “Benfika” bosh murabbiyiga tayinlangan va hozirda jamoa Portugaliya chempionatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar