Xalqaro o‘zbeklar kunini joriy etish tashabbusi muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbarining Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishida so‘z bordi.
O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Siddiqov chet eldagi vatandoshlar Xalqaro o‘zbeklar kunini belgilash tashabbusi bilan chiqqanini ma’lum qildi.
Davlat rahbari ushbu taklif o‘rinli ekanini aytib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.“Butun dunyoda elchixonalarimiz ko‘magida shu kunni nishonlasak, chet eldagi vatandoshlar sizdan shuni iltimos qilishyapti”, dedi elchi.
“Bu ichimizdagi armonlarimizdan biri. Shu kunlarga keldik, endi buni ham qilishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Furqat Siddiqov so‘nggi ikki yil davomida AQSHda vatandoshlar ko‘magida O‘zbekistonning to‘rtta savdo uyi ochilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2026-yilda BMB kompaniyasi bilan hamkorlikda Amerikaning taniqli Costco savdo tarmog‘ida O‘zbekiston za’faronini sotish rejalashtirilgan.
Mahalla guzarida O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilishi, shuningdek, milliy oshxonalar va choyxonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Davlat rahbari loyiha bo‘yicha aniq va amaliy takliflar ishlab chiqishni topshirdi.








