Daryo

Ramzan Qodirovning kenja o‘gʻli Adam Qodirov avtohalokatga uchradi – manba

Checheniston rahbarining farzandi hushsiz holda shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni reanimatsiya bo‘limiga olgan. Kichik Qodirov Moskvaga ko‘chirilishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish55 830 ko‘rishlar0 izoh34

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kenja farzandi Adam Qodirov Grozniy shahrida avtohalokatga uchragan bo‘lishi mumkin, deya Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli Adam Qodirov og‘ir ahvolda Respublika shifoxonasiga olib kelingan. Niyso(chechen muxolifatining Telegram kanali)ning yozishicha, shifokorlar uni reanimatsiya bo‘limiga olgan. Kichik Qodirov Moskvaga ko‘chirilishi ham mumkin.

Yo‘l transport hodisasi Qodirov korteji yuqori tezlikda harakatlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Natijada bir necha kishi jarohat olgan. Shundan so‘ng Grozniy shahrining ayrim ko‘chalari, xususan, u yotgan shifoxonaga olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopilgan.

Adam Qodirov Rossiya prezidenti bilan
Foto: Ramzan Qodirov Telegram kanali

Adam Qodirov Checheniston rahbarining eng ko‘p muhokama qilinadigan farzandlaridan biri hisoblanadi. U ayni vaqtda respublika Xavfsizlik kengashi kotibi, Checheniston rahbari xavfsizlik xizmati rahbari, Checheniston Ichki ishlar vazirligi kuratori hamda G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami ko‘rsatish fondi koordinatori hisoblanadi.

Bundan tashqari, Ramzan Qodirov kenja farzandini Checheniston Qahramoni unvoni va Qodirov ordeni bilan taqdirlagan. Shuningdek, “Checheniston himoyachisi” va “Axmat hoji Qodirov xotirasi” medallariga munosib ko‘rgan.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar