Daryo

UFC prezidenti Makgregor va Chendler jangini Oq uydagi kechada o‘tkazish g‘oyasini rad etdi

Maykl Chendler Konor Makgregor bilan ehtimoliy jang yozda, Oq uyda o‘tkaziladigan UFC turniri doirasida bo‘lishi mumkinligini aytdi. Tashkilot prezidenti Dana Uayt esa ushbu xabarga munosabat bildirib, buning ehtimoli past ekanligini bildirdi.

1 daqiqa o‘qish5 659 ko‘rishlar0 izoh1

UFC jangchisi Maykl Chendler ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Konor Makgregor bilan jangi yozda, Oq uyda o‘tkaziladigan UFC turnirida bo‘lishi mumkin, deya fikr bildirdi. Shundan keyin UFC prezidenti Dana Uayt ushbu sportchilar o‘rtasidagi jangni yozda Oq uyda o‘tkazish g‘oyasini ko‘rib chiqmayotganini ma’lum qildi.

“Yo‘q. Bu gaplar bir necha yil oldin bo‘lgan. Hozir ular o‘rtasidagi bellashuv aktual mavzu emas”, dedi Uayt Complex News YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, Dana Uayt Makgregorning umuman oktagonga qaytishini istisno etmadi.

“Konor qaytadimi yoki yo‘qmi — ko‘ramiz. Bu mavzuda anchadan beri gapiryapmiz. Hammasini vaqt ko‘rsatadi”, deya qo‘shimcha qildi UFC prezidenti.

Ma’lumot uchun, Oq uydagi turnir AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlab, 2026-yil iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha kechaning asosiy jangi kimlar o‘rtasida bo‘lishi rasman e’lon qilinmagan. Biroq bir qator OAV xabarlarida oktagonda irlandiyalik sportchi Konor Makgregor hamda amerikalik jangchi Jon Jons to‘qnash kelishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar