Daryo

UFC rahbari Makgregorning qaytishi hamda Maxachevning navbatdagi jangi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Dana Uayt Sietl shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 271 turniridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bir qator muhim bayonotlar bilan chiqish qildi.

1 daqiqa o‘qish2 816 ko‘rishlar0 izoh0

UFC rahbari Dana Uayt Sietl shahrida bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 271 turniridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bir qator muhim bayonotlar bilan chiqish qildi. Xususan, u sobiq chempion Konor Makgregorning oktagonga qaytish ehtimoli haqidagi savollarga javob berdi.

Makgregorning iyul oyida jang o‘tkazishi borasidagi taxminlarga Uayt ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirdi:

“Ehtimol, shunday bo‘lar. Biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Kelishuvga erishildi deb aytishga hali juda erta. Shunday bo‘lsa-da, men bu masalada optimistik ruhdaman”, deydi UFC rahbari.

Shuningdek, Dana Uayt yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachevning rejalari haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Maxachev navbatdagi jangini avgust oyida o‘tkazishi kutilmoqda. Ta’kidlash joizki, Uaytning avgust oyi haqidagi gaplari sportchining menejeri Ali Abdel-Aziz tomonidan avvalroq berilgan ma’lumotlarga biroz zid kelmoqda. Menejerning ta’kidlashicha, rossiyalik jangchining navbatdagi jangi iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Abdel-Azizning so‘zlariga ko‘ra, Maxachevga yarim o‘rta vazn toifasida (77 kg gacha) turnirning markaziy jangida ishtirok etish taklifi tushgan:

“Islomga yarim o‘rta vaznda jang qilish taklif qilindi. U bu to‘qnashuvni iyulda o‘tkazishni ma’qul ko‘rdi. Bu hal etilgan masala, UFC tez orada rasmiy bayonot beradi”, deya qayd etgan menejer.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar