Daryo

Ispaniya Kubogi. “Barselona” chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi

“Ko‘k-anorranglilar” Segunda peshqadami — “Rasing”ga qarshi bahsda g‘alabaga erishdi.

1 daqiqa o‘qish3 969 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasidagi “Rasing” — “Barselona” uchrashuvi yakunlandi. “El Sardinero” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Hansi Flik boshqaruvidagi “ko‘k-anorranglilar” 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Rasing” Ispaniyaning ikkinchi divizioni — Segunda joriy mavsumida 38 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.

Uchrashuvda hisob 66-daqiqada Ferran Torres tomonidan kiritildi. 90+5-daqiqada Lamin Yamal g‘alaba goliga mualliflik qildi — 0:2. Shu tariqa, “Barselona” Ispaniya Superkubogidagi muvaffaqiyatli natijadan so‘ng, Ispaniya Kubogida ham yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi “Real Madrid” Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasidagi uchrashuvda Segunda vakili — “Albasete”dan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final

“Rasing” — “Barselona” 0:2

Gol: 0:1 — Ferran (66), 0:2 — Yamal (90+5)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar