Daryo

“Barselona”ning kuchli starti yana omadsizlik bilan yakunlanadimi?

Kataloniya klubi La Liganing dastlabki to‘rt turida 17 ta gol urib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 049 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” yangi mavsumni sermahsul boshladi. Kataloniya klubi La Liganing dastlabki to‘rt turida 17 ta gol urib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bu Yevropaning top-5 ligalari orasida hozircha qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi.

Hansi Flik shogirdlari klub tarixidagi eng sermahsul startlardan birini qayd etdi. “Barselona” faqat 1949/50 va 1950/51-yilgi mavsumlarda dastlabki to‘rt turdan keyin bundan ko‘proq gol urgan — mos ravishda 19 va 21 ta.

Biroq bu natija kataloniyaliklar uchun yaxshi alomat bo‘lmasligi mumkin. 1949/50 va 1950/51-yilgi mavsumlarda “Barselona” dastlabki to‘rt turda 19 va 21 tadan gol urgan, ammo mavsum yakunida chempionlikni qo‘lga kirita olmagan. Har ikki mavsumda ham “Atletiko Madrid” chempion bo‘lgan edi.

1957/58-yilgi mavsum hamda Pep Gvardiolaning “Barselona”dagi so‘nggi mavsumi — 2011/12-yilgi chempionatda ham jamoa dastlabki to‘rt turda 17 tadan gol urgan. Biroq bu ikki mavsumda ham kataloniyaliklar chempion bo‘la olmagan. Har ikki safar “Real Madrid” chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Shu sababli “ko‘k-anorranglilar”ning hozirgi sermahsul starti klub tarixidagi o‘xshash holatlarni yodga solmoqda. Endi Flik shogirdlari yuqori natijalarni davom ettirib, jamoaga ketma-ket uchinchi chempionlikni olib kelishga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” 9-sentyabr kuni Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvda “Feyenord”ga qarshi maydonga tushadi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar