Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasidagi “Albasete” — “Real Madrid” uchrashuvi yakunlandi. “Karlos Belmonte” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda “qirollik klubi” mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.
Ma’lumot uchun, “Albasete” Ispaniyaning ikkinchi divizioni — Segunda ishtirokchisi hisoblanadi.
Uchrashuvda hisob 42-daqiqada “Albasete” futbolchisi Xavi Vilyar tomonidan ochildi. 45+3-daqiqada Franko Mastantuono muvozanatni tikladi. 82-daqiqada Hefte Betankor mezbonlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 90+1-daqiqada Gonsalo Garsiya hisobni tenglashtirdi — 2:2. 90+4-daqiqada esa Hefte Betankor dubl qayd etib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:2.
Shu tariqa, “Real Madrid” Alvaro Arbeloa qo‘l ostidagi ilk uchrashuvda Segunda vakiliga imkoniyatni boy berib, Ispaniya Kubogi bilan xayrlashdi.
Ispaniya Kubogi
1/8 final
“Albasete” — “Real Madrid” 3:2
Gollar: 1:0 — Vilyar (42), 1:1 — Mastantuono (45+3), 2:1 — Betankor (82), 2:2 — Gonsalo (90+1), 3:2 — Betankor (90+4)








