Daryo

Eron havo hududi yopilgani sababli qator reyslar ortga qaytdi

Xususan, Jidda va Madinadan Toshkentga uchgan samolyotlar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish9 437 ko‘rishlar0 izoh6

Eron havo hududi yopilgani sababli 15-yanvar kuni O‘zbekistondan uchgan va O‘zbekistonga uchayotgan bir qator aviareyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi.

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, quyidagi reyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘lgan:

  • Fly One Asia’ning 7Q7742 reysi (Madina—Toshkent yo‘nalishi), 7Q4442 reysi (Madina—Farg‘ona yo‘nalishi) Madina aeroportiga;
  • Jazeera Airways’ning J9650 reysi (Toshkent—Kuvayt) Toshkent aeroportiga;
  • Sam Air‘ning 9S3303 reysi (Samarqand—Jidda), Samarqand aeroportiga;
  • Fly Khiva’ning 2U7911 reysi (Urganch—Madina yo‘nalishi) Urganch aeroportiga;
  • Uzbekistan Airway’ning HY336 reysi (Jidda—Toshkent) Jidda aeroportiga.

Eron o‘z havo hududini maxsus ruxsat etilgan parvozlardan tashqari barcha reyslar uchun yopgan. Ushbu davlatda 2025-yil dekabr oyi oxiridan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. TIV Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslikni, odamlar ko‘p to‘planadigan joylardan yiroq bo‘lishni hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etishni so‘radi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar