Daryo

Falastin O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Elchi Vaill Ahmed Battrexi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Avvalgi elchi faoliyatini 2025-yil oktyabr oyida yakunlagandi.

1 daqiqa o‘qish2 307 ko‘rishlar0 izoh2

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Falastinning yangi elchisi Vaill Ahmed Battrexini qabul qildi.

Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan. Uchrashuvda ikki davlat munosabatlarini ikki va koʻp tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qilingan va mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib olingan.

“Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchi janoblarini mamlakatimizdagi faoliyati davomida qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, deb yozdi Baxtiyor Saidov.

Avvalgi elchi Javad Muhammad Avad mamlakatdagi oʻz faoliyatini 2025-yil oktyabr oyida yakunlagan. U Oʻzbekistonda ishni 2022-yil aprelda boshlagan edi.

Falastin va mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 25-sentyabrda oʻrnatilgan.

Avvalroq Erik De Mayer Belgiyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangandi.

Elchining tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvida Oʻzbekiston va Belgiya oʻrtasida savdo, investitsiyalar va biznes sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, amaliy iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhimligini qayd etilgan.

Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyat boʻyicha pozitsiyasi ham aytilgandi. Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni chuqur tashvish bilan kuzatib borayotgani va uni insonparvarlik fojiasi sifatida baholashi aytilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar