Daryo

Bernardu Silva: “Husanov hamda Maks ajoyib o‘yin ko‘rsatdi”

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardo Silva “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoaning bir qator futbolchilari haqida fikr bildirdi.

1 daqiqa o‘qish3 514 ko‘rishlar0 izoh2

Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Bernardo Silva Angliya Kubogi yarim finali doirasidagi “Nyukasl”ga qarshi uchrashuvdan keyin jamoaning bir qator futbolchilari, jumladan o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning o‘yini haqida fikr bildirdi.

“So‘nggi o‘yinlarda Husanov va Maks Alleyn juda yuqori saviyada harakat qilishdi. Ular maydonda namoyon etgan shaxsiyat va xarakter e’tirofga loyiq. Bu darajadagi jamoaga kelib, katta bosim ostida o‘ynash oson emas. Natija ko‘rsatish, himoyadan to‘pni olib chiqishda jasoratli bo‘lish, barqaror va ishonchli harakat qilish talab etiladi.

Juda murakkab stadionda o‘ynadik, bu yerda maydonga tushish naqadar qiyinligini yaxshi bilamiz. Shunga qaramay, ular o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdi. Semenyo ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Darvozabon Traffordni ham alohida ta’kidlash lozim. U bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirdi va jamoamizning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi”, deydi Bernardu Silva.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalining ilk o‘yinida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Javob uchrashuvi 5-fevral kuni “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar