Daryo

“Barselona” bosh murabbiyi Flik: “Alonso bilan munosabatlarimiz yaxshi”

Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan bo‘shatilgan edi.

1 daqiqa o‘qish3 255 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Xabi Alonsoning “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimidan iste’foga chiqarilishi borasida fikr bildirdi.

Bu futbol, bu mening ishim emas. Shuni ayta olamanki, Xabi bilan munosabatlarimiz yaxshi — biz Leverkuzenda tanishganmiz va hanuz aloqada bo‘lib turamiz. Unga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Ishonchim komilki, yaqin orada u va uning murabbiylar shtabi uchun juda yaxshi loyiha paydo bo‘ladi. Futbolda oldinga intilish kerak, u esa yorqin kelajakka ega a’lo darajadagi murabbiy, deydi Flik.

Ma’lumot uchun, Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi finalida aynan “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng lavozimidan bo‘shatilgan edi. Uning o‘rnini sobiq futbolchi Alvaro Arbeloa egalladi. Arbeloa bugun, 14-yanvar kuni, “Real” bosh murabbiyi sifatida debyut qiladi. Madrid klubi Ispaniya Kubogi 1/8 finalida “Albasete”ga qarshi maydonga tushadi.

Xabi Alonso “Real”ni 2025-yil yozidan buyon boshqarib kelgan. Uning qo‘l ostida madridliklar barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 24 g‘alaba, 4 durang va 6 mag‘lubiyat qayd etgan. Ushbu davrda jamoa safida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar Arda Gyuler (34 o‘yin), Vinisius Junior (33), Tibo Kurtua va Orelien Chuameni (32 tadan) bo‘lgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar