Daryo

O‘zbekistonga sovuq antisiklon kirib kelmoqda: havo ifloslanishi kuchayishi mumkin

Mamlakatga sovuq antisiklon kirib kelishi sabab dastlabki kunlarda havo almashinuvi susayib, ifloslanish kuchayishi mumkin. 16—17-yanvarda harorat pasayib, ayrim hududlarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi hamda bu havo sifatini qisqa muddatga yaxshilashi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish98 774 ko‘rishlar0 izoh100

O‘zbekiston hududiga sovuq antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich kechib, dastlabki kunlarda atmosferada havo almashinuvi susayadi.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, havo almashinuvi zaiflashishi natijasida atmosferada ifloslovchi moddalar hamda mayda chang zarrachalarining (PM2,5 va PM10) to‘planishi ehtimoli mavjud. Bu holat havo ifloslanishi ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Mazkur vaziyat taxminan uch kun davom etadi.

Antisiklon ta’siri 16—17-yanvar kunlariga kelib kuchayib, respublikaning deyarli barcha hududlarida havo harorati pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi haroratlar bilan birga, tungi va ertalabki soatlarda sovuq yanada sezilarli bo‘ladi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda yomg‘ir yoki qor ko‘rinishidagi qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar prognoz qilinmoqda. Yog‘ingarchilik va shamol hisobiga atmosferada to‘planib qolgan mayda zarrachalar yuvilib, havo sifati qisqa muddatga yaxshilanishi mumkin.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar