Daryo

“Bu ishni pul uchun qilmadim” — Sherzod Nasrullayev “Nasaf”dan ketishiga izoh berdi

O‘zbekiston terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

1 daqiqa o‘qish5 233 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Sherzod Nasrullayev “Nasaf”ni tark etib, Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi vaziyatga izoh berar ekan, klubni pul uchun klubni tark etmaganini bildirdi. 

“Olti yildan beri ‘Nasaf’da o‘ynayman. Ko‘pchilik pul uchun boshqa klubga o‘tganimni aytmoqda. Rostini aytsam, bu ishni pul uchun qilmadim. Shunchaki, karyeramda o‘zgarish qilishni istadim. Qolaversa, mening ketishim, ‘Nasaf’da boshqa futbolchilarning o‘sishiga ham yordam beradi. Chunku klubda yosh futbolchilar ko‘p. Xudo xohlasa, ‘Nasaf’ga qachondir  yana qaytaman”, deydi 27 yoshli futbolchi.​

Ma’lumot uchun, Sherzod Nasrullayev “Nasaf” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2019-yildan beri klubning asosiy jamoasi safida harakat qilib keladi. Futbolchi hozirga qadar “ajdarlar” safida 200 ta uchrashuvda ishtirok etib, 12 ta gol va 35 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchi 2025-yilgi mavsum yakunida Qarshi klubini tark etib, “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladi. Uning “sherlar” bilan shartnomasi 2027-yilning oxirga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali himoyachining qiymatini 1,2 million yevroga bahaolagan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar