Daryo

O‘zbekiston Superligasining 2025-yilgi mavsumi uchun ramziy jamoasi e’lon qilindi

Mavsum chempioni “Neftchi” hamda “Paxtakor”dan 3 nafardan futbolchi tanlab olingan. “Dinamo”dan 2 nafar, shuningdek, “Nasaf”, “OKMK” va “So‘g‘diyona”dan bir nafardan futbolchi ramziy jamoadan o‘rin olgan.

1 daqiqa o‘qish2 193 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliganing 2025-yilgi mavsum ramziy jamoasini e’lon qildi. Video to‘liq sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan. 

Mavsum chempioni “Neftchi” hamda “Paxtakor”dan 3 nafardan futbolchi tanlab olingan. “Dinamo”dan 2 nafar, shuningdek, “Nasaf”, “OKMK” va “So‘g‘diyona”dan bir nafardan futbolchi ramziy jamoadan o‘rin olgan.

Superliga–2025 mavsum ramziy jamoasi:

Darvozabon:

Vladimir Nazarov (“Paxtakor”)

Himoyachilar:

Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”),
Anvar G‘ofurov (“Neftchi”),
Jahongir O‘rozov (“Dinamo”)

Yarimhimoyachilar:

Ikrom Aliboyev (“Neftchi”),
Ratinyo (“Dinamo”),
Oybek Bozorov (“Nasaf”),
Jamshid Iskanderov (“Neftchi”),
Xurshid G‘iyosov (“OKMK”)

Hujumchilar:

Lyupcho Doriyev (“So‘g‘diyona”),
Igor Sergeyev (“Paxtakor”)

Bosh murabbiy: Kamoliddin Tojiyev (“Paxtakor”)

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi mavsum O‘zbekiston Superligasida Farg‘onaning “Neftchi” klubi bosh sovringa ega chiqdi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoa mavsum yakuniga bir tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar