Daryo

Superliga. “Nasaf” “Neftchi”ni, “Paxtakor” “Andijon”ni yirik hisobda yengdi, “Navbahor” o‘z uyida durang o‘ynadi, “Bunyodkor”da yana mag‘lubiyat

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv yakunlandi.

2 daqiqa o‘qish5 411 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakunlandi.

“Bunyodkor” — “Surxon”

Kunning ilk o‘yinida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi “Surxon” klubini qabul qildi va kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

“Qaldirg‘ochlar” vakili Islom Anvarov 67-daqiqada qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Bahsning 77-daqiqasida mehmonlar yarimhimoyachisi Tornike Dzebniauri hisobni ochdi. Ushbu natija o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi hamda mehmonlar muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi — 0:1.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Surxon” 23 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. “Bunyodkor” esa 19 ochko bilan 15-o‘rindan joy olgan.

“Bunyodkor” 20-tur doirasida mehmonda “Nasaf” bilan bahs olib boradi. “Surxon” esa “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

“Bunyodkor” — “Surxon” 0:1

Gollar: 0:1 — Dzebniauri (77).

“Navbahor” — “Lokomotiv”

Turning yana bir o‘yini Namanganda bo‘lib o‘tdi. Unda “Navbahor” jamoasi “Lokomotiv” klubi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 40-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Husayn Norchayev Muhammadali Usmonovning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida “temiryo‘lchilar” futbolchisi Jasur Yaxshiboyev muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. Natijada jamoalar durangga imzo chekdi — 1:1.

“Navbahor” 38 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rindan joy olgan. “Lokomotiv” esa 36 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

21-tur doirasida “Navbahor” “Buxoro” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. “Lokomotiv” esa “Mash’al”ga safar qiladi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

“Navbahor” — “Lokomotiv” 1:1

Gollar: 1:0 — Norchayev (40), 1:1 — Yaxshiboyev(72).

“Nasaf” — “Neftchi”

Turning markaziy bahsida Qarshining “Nasaf” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qildi va “ajdarlar” o‘z uyida gollarga boy bo‘lgan bahsda 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlardan Bobur Abduxoliqov dubl qayd etdi. Sharof Muhiddinov, Alibek Davronov, Adenis Shala va Umar Eshmurodovlar “Nasaf”ning qolgan gollariga mualliflik qildi. “Neftchi” jamoasidan esa Alisher Odilov hamda Stipe Peritsa raqib darvozasini ishg‘ol qildi — 6:2.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Nasaf” 28 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Neftchi” esa 45 ochko bilan hamon peshqadamlik qilmoqda.

“Nasaf” 21-tur doirasida “Bunyodkor”ni o‘z maydonida qabul qiladi. “Neftchi” esa “Surxon” jamoasi bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

“Nasaf” — “Neftchi” 6:2

Gollar: 1:0 — Eshmurodov (7), 2:0 — Abduxoliqov (8), 3:0 — Muhiddinov (22), 4:0 — Shala (40), 5:0 — Abduxoliqov (53), 5:1 — Odilov (59), 6:1 — Davronov (80), 6:2 — Peritsa (89).

“Paxtakor” — “Andijon”

Kunning so‘nggi o‘yinida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi “Andijon” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi 21-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Zayd Tahsin Bashar Resanning uzatmasini golga aylantirdi va hisobni ochdi. O‘yinning 29-daqiqasida “sherlar” yarimhimoyachisi Sardor Sobirxo‘jayev gol urib, farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 69-daqiqasida Muhammadrasul Abdumajidov o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi. Ushbu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarmadi hamda “Paxtakor” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi — 3:0.

“Paxtakor” 40 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Andijon” esa 26 ochko bilan 8-pog‘onadan joy olgan.

“Paxtakor” 21-tur doirasida “OKMK” jamoasiga qarshi bahs olib boradi, “Andijon” esa “Qo‘qon-1912” bilan o‘ynaydi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

“Paxtakor” — “Andijon” 3:0

Gollar: 1:0 — Tahsi (21), 2:0 — Sobirxo‘jayev (29), 3:0 — Abdumajidov (69).

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar