Daryo

Ispaniya kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlandi

“Real Madrid” va “Barselona” Segunda vakillariga qarshi bahs olib boradi.

1 daqiqa o‘qish4 594 ko‘rishlar0 izoh1

Ispaniya kubogining 2025/2026-yilgi mavsumi 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlandi. Unga ko’ra “Real Madrid” Segunda vakili “Albasete”ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoa avvalgi bosqichda “Selta”ni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. “Barselona” esa Segundaning joriy mavsum yetakchisi “Rasing” klubini sinovdan o‘tkazadi.

Ispaniya kubogi 1/8 final juftliklari:

  • “Deportivo” — “Atletiko Madrid”;
  • “Rasing” — “Barselona”;
  • “Kultural Leonesa” — “Atletik Bilbao”;
  • “Albasete” — “Real Madrid”;
  • “Burgos” — “Valensiya”;
  • “Betis” — “Elche”;
  • “Real Sosyedad” — “Osasuna”;
  • “Alaves” — “Rayo Valyekano”.

Ispaniya kubogi 1/8 final uchrashuvlari 13–15-yanvar kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Ispaniya kubogining amaldagi g‘olibi — “Barselona” hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida kataloniyaliklar Madridning “Real” klubini qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag‘lub etgan. “Barselona”, shuningdek, musobaqaning eng ko‘p sovringa ega klubi bo‘lib, jamoa hisobida 32 ta kubok mavjud. “Atletik Bilbao” Ispaniya kubogini 24 marta, “Real” Madrid esa 20 marta qo‘lga kiritgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar