Daryo

“Real” murabbiylar shtabi Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”ni qanday yengish usulini topdi

Madridliklar raqibining nozik nuqtasi nima ekanligini aniqlagani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish42 480 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi murabbiylar shtabi Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” ustidan g‘alaba qozonish uchun o‘z strategiyasini ishlab chiqqan. Bu haqda Football Espana nashri xabar berdi.

Foto: Sportbox

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” ilk 60 daqiqada raqobatbardosh o‘yin ko‘rsata olsa, yakunda g‘alabani qo‘lga kiritishiga ishonmoqda. Jamoa murabbiylari “Barselona” futbolchilari o‘yin so‘nggi daqiqalarida jismoniy jihatdan qiynalishini kuzatgan.

Shu boisdan, “Real” o‘zining yuqori jismoniy tayyorgarligiga tayangan holda kubokni qo‘lga kiritishiga ishonyapti.

Ma’lumot o‘rnida, yarim final bahslarida “Real” “Real Sosyedad”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Barselona” Madridning boshqa klubi — “Atletiko”dan ustun keldi. Shu tariqa, muxlislar Ispaniya Kubogi finalida “El-Klasiko”ga guvoh bo‘lishadi. Ushbu voqea so‘nggi bor 11 yil avval kuzatilgan va unda madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 

“Real Madrid” — “Barselona” o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs 26-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar