Daryo

Mbappe “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuborishi mumkinmi? 

Fransiyalik hujumchi “Alaves”ga qarshi uchrashuvda raqib futbolchining oyog‘ini bosgani sabab maydondan chetlatilgan edi

1 daqiqa o‘qish13 904 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 31-turidagi “Alaves”ga qarshi o‘yinda (1:0) to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Ispaniyaning yetakchi OAVlarida fransiyalik futbolchi bir necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: Goal

Uchrashuv bosh hakami Sezar Soto Grado Kilianning maydondan chetlatilishi haqidagi bayonnomada uni “kurash paytida raqib oyog‘iga haddan tashqari kuch bilan bosgani” sababli maydondan chetlatilganini yozdi.

Foto: Defensa Central

Ushbu holatda Mbappe 12 o‘yinlik diskvalifikatsiya bilan jazolanishi mumkin edi, ammo mavjud protokolga ko‘ra, Kilian atigi 3 o‘yinga chetlatilishi ehtimoli yuqori. Ispaniya matbuotida bu qaror uchrashuv bosh hakamining hisoboti asosida qabul qilinishi haqida yozildi. Agar hodisa “ayniqsa qo‘pol xatti-harakatlar” sifatida tasniflansa, Mbappe nafaqat keyingi bir necha turni, balki muhim “El-Klasiko”ni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Ispaniya kubogi final bahsi 26-aprel kuni o‘tkaziladi. Unda “Real” “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar