Daryo

AQSH Venesuela uchun uch bosqichli reja ishlab chiqdi

Davlat kotibi Marko Rubio yakunda mamlakat taqdirini venesuelaliklar hal qilishini aytdi.

1 daqiqa o‘qish6 510 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 7-yanvar kuni Vashingtonning Venesuela bo‘yicha strategik rejasini ochiqladi. Reja uchta asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, u mamlakatni qayta tiklash va neft resurslari ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Uch bosqichli strategiya

Rubio va Urush vaziri Pit Xegset AQSH senatorlari uchun o‘tkazilgan yopiq brifingdan so‘ng jurnalistlarga rejani quyidagicha tasvirladi:

1. Stabillashtirish: Mamlakatda tartib o‘rnatish va xaosning oldini olish.

2. Tiklanish: Venesuela bozoriga Amerika va G‘arb kompaniyalarining erkin hamda adolatli kirishini ta’minlash.

3. O‘tish davri: Hokimiyatni to‘liq topshirish jarayoni (Rubio bu jarayonning tafsilotlarini ochiqlamadi).

“Asosiysi, hozirda bizda muvaqqat rasmiylar nima qilayotgani va nima qila olishi ustidan ulkan nazorat va ta’sir vositalari mavjud. Yakunda o‘z mamlakatini o‘zgartirish Venesuela xalqining ixtiyorida qoladi”, dedi Rubio.

Venesuela nefti AQSH nazoratida

Prezident Donald Tramp Maduro ma’muriyatining qolgan a’zolarini, agar ular AQSH talablariga bo‘ysunmasa, yangi harbiy operatsiyalar o‘tkazish bilan ogohlantirdi. Vashingtonning asosiy maqsadi Venesuela neftini qo‘lga kiritish ekani ochiq aytilmoqda.

Demokratlar e’tirozi: “Bu neftni o‘g‘irlash”

AQSH Kongressidagi Demokratlar partiyasi a’zolari ushbu rejadan hayratda ekanini bildirdi. Ular ushbu harakatlarni “neftni o‘g‘irlash” deb baholadi va nima uchun bunday muhim masalalar ochiq eshituvlarda muhokama qilinmayotganini savol ostiga oldi. Rubio esa brifingda ommaga oshkor qilib bo‘lmaydigan operatsion tafsilotlar borligini, biroq asosiy maqsad Venesuelada iqtisodiy barqarorlikni tiklash va AQSH neft kompaniyalari uchun yo‘l ochish ekanini ta’kidladi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar