Daryo

Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi yarim finalini o‘tkazib yuboradi

Xabi Alonso jamoasi musobaqaning 1/2 final bosqichida Madridning boshqa bir jamoasi “Atletiko”ga qarshi o‘ynaydi.

1 daqiqa o‘qish3 836 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi. 

Avvalroq Mbappe jamoa bilan birga uchrashuvga borishi aytilgandi, biroq uning jarohati sabab o‘yinda qatnashishi so‘roq ostida edi. Endilikda esa fransiyalik futbolchi “Atletiko”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘ldi. Mazkur bellashuv 8-yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi.

Superkubokning ikkinchi yarim finalida “Barselona” va Bilbaoning “Atletik” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Turnirning final uchrashuvi 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik futbolchi Ispaniya La Ligasi 17-turidan o‘rin olgan “Sevilya”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Dastlab Kilianning chap tizza bog‘lamlari cho‘zilgani aniqlangan. Biroq tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning jarohati kutilganidek jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.

Mbappe 2024-yil yozidan beri “Real” safida to‘p surmoqda. U shu vaqtga qadar madridliklar tarkibida 83 ta o‘yinda ishtirok etib, 73 ta gol va 10 ta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029-yil iyunigacha amal qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar