Daryo

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish rejalashtirilgan

Sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘lar ulushi 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkaziladi. Ayrim kasalliklardan erta o‘lim va kasallanish ko‘rsatkichlari pasaytiriladi.

1 daqiqa o‘qish13 528 ko‘rishlar0 izoh5

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholining o‘rtacha umr davomiyligi 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan. Bu haqda “O‘zbekiston–2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasida ko‘zda tutilgan.

Bunda o‘rtacha umr davomiyligini
  • 2026-yilda — 75,5 yoshga;
  • 2027-yilda — 76 yoshga;
  • 2028-yilda — 76,8 yoshga;
  • 2029-yilda — 77,5 yoshga;
  • 2030-yilda — 78 yoshga yetkazish maqsad qilingan.
Davlat byudjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘lar ulushi 2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulotning 5 foiziga yetkaziladi.

Shuningdek:

  • yurak qon-tomir kasalliklaridan erta o‘limni (30-69 yosh) 27 foizgacha kamaytirish;
  • saraton kasalligidan erta (30-69 yosh) o‘limni 5,2 foizgacha kamaytirish;
  • qandli diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan 100 foiz qamrovini ta’minlash;
  • nafas yo‘llari kasalligidan erta o‘limni (30-69 yosh) 1,5 foizdan oshmasligini ta’minlash;
  • sil kasalligi bilan kasallanish darajasini 33 foizdan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Milliy statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

  • 1991-yilda — 66,4 yosh;
  • 1995-yilda — 69,1 yosh;
  • 2000-yilda — 70,8 yosh;
  • 2005-yilda — 71,8 yosh;
  • 2010-yilda — 73 yosh;
  • 2015-yilda — 73,6 yosh;
  • 2020-yilda — 73,4 yosh;
  • 2023-yilda — 74,7 yosh;
  • 2024-yilda — 75,1 yosh.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilning avgustida Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tantanasida so‘zga chiqqanida so‘nggi yillarda tibbiyot uchun ajratilayotgan mablag‘lar 6 karra oshirilganini, aholining turmush sharoitlari yaxshilanib borayotgani natijasida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga uzayganini qayd etgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar