Daryo

Venesuela hukumati Maduroning qayerdaligini bilmaydi

Mamlakat vitse-prezidenti Qo‘shma shtatlardan prezident Nikolas Maduro va birinchi xonim Siliya Floresning tirik ekanini tasdiqlashni talab qilgan.

1 daqiqa o‘qish7 609 ko‘rishlar0 izoh2

Venesuela hukumati mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning qayerda ekani haqida ma’lumotga ega emas va AQSHdan uning tirikligini ko‘rsatishni talab qilmoqda. Bu haqda mamlakat ijrochi vitse-prezidenti Delsi Rodriges Telesur telekanali efirida ma’lum qildi.

Vitse-prezident mamlakat poytaxti hamda Aragua, Miranda va La-Guayra shtatlariga qarshi tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelgan harbiy hujumni qattiq qoralagan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlardan prezident Nikolas Maduro va birinchi xonim Siliya Floresning tirik ekanini tasdiqlashni talab qilgan.

“Biz prezident Nikolas Maduro va birinchi xonim Siliya Floresning qayerdaligini bilmaymiz. Donald Tramp hukumatidan prezident Maduro va birinchi xonim hayot ekanliklarini darhol tasdiqlashni talab qilamiz”, dedi u o‘z bayonotida.

​Rodrigesning ta’kidlashicha, prezident Maduro bundan avval xalqni mamlakatning turli hududlaridagi tinch aholiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bunday hujum haqida ogohlantirgan. Bunga javoban, prezidentning ko‘rsatmasiga ko‘ra, mamlakat mudofaa tizimlari jangovar shaylik holatiga keltirilgan.

3-yanvar kuni tunda Venesuela poytaxti Karakas shahridagi harbiy va fuqaroviy obyektlarga havo hujumi amalga oshirildi. Hukumat AQSHni mamlakatga hujum qilganlikda ayblab, favqulodda holat joriy etdi. Poytaxtda kamida yettita portlash sodir etilgan. Portlash oqibatida Karakasdagi harbiy bazadan tutun koʻtarilgani, yana bir harbiy inshoot elektrsiz qolgan.

Bundan avval AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qoʻlga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qilgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar