AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio prezident Nikolas Maduro hibsga olinganidan so‘ng Vashingtonning Venesuelaga nisbatan keyingi harakatlari kutilmayotganini bildirdi. Bu haqda senator Mayk Li X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Rubioning ta’kidlashicha, Venesueladagi harbiy operatsiya Maduroni qo‘lga olish uchun niqob vazifasini bajargan.
“Hozirgina davlat kotibi Rubio bilan telefonda suhbatlashdim. U menga Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlarda jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida AQSH vakillari tomonidan hibsga olinganini va bugun kechqurun kuzatilgan jangovar harakatlar qamoqqa olish orderini ijro etuvchilarni himoyalash va qo‘riqlash uchun amalga oshirilganini ma’lum qildi”, deya yozdi senator.
AQSH davlat kotibi o‘rinbosari, Meksikadagi sobiq elchi Kristofer Landau AQSH harbiylari tomonidan qo‘lga olingan Maduro “jinoyatlari” uchun sudlanishini aytgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH harbiy kuchlari Venesuelaga zarba berganini tasdiqlagan. Shuningdek, u mamlakat rahbari Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga Amerikaning Delta maxsus bo‘linmasi jangchilari tomonidan qo‘lga olinib, Venesueladan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, Venesueladagi operatsiya puxta rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘plab harbiylar jalb etilgan.








