Daryo

Ispaniya Venesueladagi mojaroni hal etishga ko‘maklashishga tayyor

Bayonotda Ispaniya tomoni Karakasdagi elchixona hamda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha konsullik xizmati bilan doimiy aloqada ekani, mamlakatdagi ispan diasporasining ahvolini nazorat qilib turishi aytilgan.

1 daqiqa o‘qish7 951 ko‘rishlar0 izoh1

Ispaniya Venesueladagi mojaroni hal etishga ko‘maklashishga tayyor. Bu haqda qirollik Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ispaniya vaziyatni yumshatish va bosiqlik saqlanishiga, shuningdek, xalqaro huquq va BMT nizomi tamoyillariga doimiy hurmat asosida harakat qilinishiga chaqirmoqda. Shu munosabat bilan Ispaniya hozirgi inqirozni tinch yo‘l bilan va kelishilgan tarzda hal etish uchun o‘z xizmatlarini taklif etishga tayyor”, deyiladi xabarda.

​Shuningdek, bayonotda Ispaniya tomoni Karakasdagi elchixona hamda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha konsullik xizmati bilan doimiy aloqada ekani, mamlakatdagi ispan diasporasining ahvolini nazorat qilib turishi aytilgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH harbiy kuchlari Venesuelaga zarba berganini tasdiqlagan. Shuningdek, u mamlakat rahbari Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga Amerikaning Delta maxsus bo‘linmasi jangchilari tomonidan qo‘lga olinib, Venesueladan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi.

Trampning aytishicha, Venesueladagi operatsiya puxta rejalashtirilgan bo‘lib, unga ko‘plab harbiylar jalb etilgan.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio respublika prezidenti Nikolas Maduro hibsga olinganidan so‘ng Vashingtonning Venesuelaga nisbatan keyingi harakatlari kutilmayotganini bildirdi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar