Daryo

Ukraina va AQSH qo‘llab-quvvatlash rejasini kelishib oldi

Hujjat Ukraina va uning qurolli kuchlarini qanday qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularni tiklash hamda modernizatsiya qilish masalalarini o‘z ichiga oladi.

1 daqiqa o‘qish10 202 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Andrey Gnatov Ukraina va Qo‘shma Shtatlar bosh shtablari darajasida harbiy hujjat kelishib olinganini ma’lum qildi. Ushbu hujjat, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham o‘z ichiga oladi.

Gnatovning ta’kidlashicha, AQSH bilan ikki tomonlama ish olib borilgan. Natijada to‘rt bo‘lim va to‘rt ilovadan iborat hujjat ishlab chiqilgan. Mazkur bo‘limlar Ukraina va uning qurolli kuchlarini qanday qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularni tiklash va modernizatsiya qilish masalalarini tavsiflaydi

Shuningdek, hujjatda kelishuvlarga rioya etilishini nazorat qilish va shartnoma buzilishi ehtimollariga javob berish mexanizmlari ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Gnatov hozirda Ukrainaning boshqa hamkor davlatlari bilan ham shunday ishlar olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp 28-dekabr kuni Floridadagi Mar-a-Lago shahrida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Shundan so‘ng Tramp Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuv asoslari allaqachon mavjudligini aytdi.

Bundan oldin The New York Times gazetasi AQSH prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyga u erishmoqchi bo‘lgan ko‘rinishdagi xavfsizlik kafolatlarini bermasligini yozgandi.

Maqolada ta’kidlanishicha, Ukraina rahbarining G‘arb ittifoqchilaridan, jumladan, Qo‘shma Shtatlardan aniq kafolatlar olishga bo‘lgan kuchli istagi oxir-oqibat hech qanday natija bermaydi. Muallifning yozishicha, hatto Tramp Ukraina bo‘yicha biron-bir majburiyatni olgan taqdirda ham, ularni bajarish zaruratidan qochish uchun bu majburiyatlarni osongina boshqara oladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar